Toshkent sh.
26.11.2025y. dagi tahrir
1. Umumiy qoidalar1.1. Bundan keyin “Sotuvchi” deb yuritiluvchi «HUMOTECH» MCHJ, bir tomondan, mazkur Oferta–shartnomasini (bundan buyon matnda – «Shartnoma» deb ataladi) o‘z–o‘zini band qilgan shaxs sifatida faoliyat olib boruvchi va bundan keyin “Xaridor” deb yuritiluvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga yo‘llaydi, ikkinchi tomondan, birgalikda “
Tomonlar”, alohida tarzda – “Tomon” deb yuritiladi.
1.2. Shartnoma, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 369–moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanib, uning sharti (aksepti), Xaridor tomonidan mazkur Shartnomani 3.2–bandida nazarda tutilgan xatti–harakatlarini amalga oshirish orqali Shartnomaning barcha shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishidan iborat.
1.3. Shartnoma Sotuvchining internet tarmog‘idagi saytida
https://humotech.uz/ (bundan buyon matnda – «Sayt» deb ataladi) manzili bo‘yicha joylashtirilgan.
1.4. Sotuvchi, bir tomonlama tartibda Shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Shartnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar, yangi tahrir Saytda chop etilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
2. Shartnoma predmeti2.1. Sotuvchi, POS–terminal qurilmalari va ularga butlovchi qismlarni (bundan buyon matnda – «Jihoz») Xaridor mulkdorligiga topshirish majburiyatini oladi, Xaridor esa Jihozni Shartnoma shartlari asosida qabul qilib olish va to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
2.2. Jihoz assortimenti, soni, komplektatsiyasi, texnik tavsiflari va qiymati, Xaridorning buyurtmasi asosida Sotuvchining hisobvarag‘ida belgilanadi.
2.3. Sotuvchi, Jihozning yangiligi, avval ishlatilmaganligi va ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan standartlarga mos kelishini tasdiqlaydi.
2.4. Quyidagi hollarda Sotuvchi, bir tomonlama tartibda, Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan voz kechishga haqli:
- Sotuvchida Jihoz mavjud bo‘lmaganda;
- Sotuvchi, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi imkoni bo‘lmaganda;
- Xaridor ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etganda.
2.5. Sotuvchi, Jihoz uchun to‘lovni to‘liq miqdorda olgunga qadar, Xaridorni oldindan xabardor qilmagan holda, bir tomonlama tartibda Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni vaqtinchalik to‘xtatish, Jihoz assortimenti, soni, komplektatsiyasi va qiymatini o‘zgartirish huquqini o‘zida qoldiradi.
2.6. Jihozni, Jihoz komplektatsiyasi tarkibida topshirishda Xaridorga, Jihozga, undan funksional vazifalariga muvofiq foydalanish imkonini beruvchi va Jihozni xizmat ko‘rsatuvchi bankning ekvayring tizimiga ulash uchun mo‘ljallangan TransLink.iQ amaliy dasturiy ta’minotdan (bundan buyon matnda – «dasturiy ta’minot») foydalanishga istisnosiz (oddiy) litsenziya taqdim etiladi. Litsenziyaning amal qilish muddati huquq egasi – ASHBURN International ning dasturiy ta’minotga bo‘lgan yagona huquqlarining amal qilish muddati bilan cheklanadi va Jihoz Sotuvchi tomonidan Xaridorga topshirilgan paytdan boshlab amal qiladi. Litsenziya, dasturiy ta’minotdan O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi usullarda foydalanish uchun taqdim etiladi: dasturiy ta’minotni qayta tiklash va keyinchalik undan, texnik (funksional) vazifalari va Shartnoma shartlariga muvofiq foydalanish. Litsenziya narxi Jihoz qiymatiga kiritiladi. Xaridor mustaqil ravishda dasturiy ta’minotni kam-ko‘stini to‘ldirish/modifikatsiyalashtirish huquqiga ega emas.
3. Shartnoma tuzish tartibi3.1. Shartnoma tuzish, Xaridorning Shartnomaga qo‘shilishi, ya’ni, Shartnoma shartlarining Xaridor tomonidan butunlay, hech qanday shartlarsiz, istisno qilishlar va qo‘shimcha sharhlarsiz qabul qilishi (akseptlashi) orqali amalga oshiriladi.
3.2. Shartnoma shartlarini qabul qilinishi (akseptlanishi) deb, Xaridorni quyidagi harakatlaridan biri e’tirof etiladi:
3.2.1. Sotuvchiga, Sotuvchi tomonidan belgilanadigan va Sotuvchining vakolatli vakili tomonidan imzolangan shaklda Shartnomaga qo‘shilish haqida yozma ariza taqdim etish;
3.2.2. Taqdim etilgan hisobvarag‘iga muvofiq Jihoz uchun to‘lovni amalga oshirish.
3.3. Tomonlar, Shartnoma Sotuvchi joylashgan manzilida tuzilganligiga so‘zsiz rozi bo‘ladilar.
4. Qiymati va hisob-kitob qilish tartibi4.1. Jihozning qiymati Sotuvchi tomonidan belgilanadi va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanuvchi hisobvaraqda ko‘rsatiladi.
4.2. To‘lov, 100% oldindan to‘lov sharti asosida hisobvaraq berilgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida amalga oshiriladi.
4.3. Shartnoma bo‘yicha to‘lov naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi so‘mida olib boriladi. Pul mablag‘lari Sotuvchining hisob raqamiga kelib tushgan sana to‘lov sanasi hisoblanadi.
4.4. Ortiqcha to‘langan pul mablag‘larining qaytarilishi Sotuvchi tomonidan, Xaridor arizasini olgan kunidan boshlab 10 (o‘n) ish kuni ichida amalga oshiriladi.
5. Jihozni yetkazib berish5.1. Jihozni yetkazib berish, to‘langan hisobvaraqlariga muvofiq partiyalar bilan, Sotuvchining: Toshkent sh., Maxtumquli ko‘chasi, 178/1 manzilida joylashgan omboridan o‘zi olib ketish shartlari asosida amalga oshiriladi. Jihozni ortish/tushirish bo‘yicha barcha xarajatlarni Xaridor to‘laydi.
5.2. Jihozni yetkazib berish muddati, tegishli hisobvaraq to‘langan paytdan boshlab 3 (uch) ish kunini tashkil qiladi.
5.3. Jihozga nisbatan mulkchilik huquqi va Jihozning tasodifan nosoz bo‘lishi yoki shikastlanishi xatari, Jihoz Xaridorga topshirilgan va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab Xaridorga o‘tadi.
5.4. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasining imzolanishi, topshirilayotgan Jihozning soni, to‘plamiga e’tirozlar yo‘qligi va unda ko‘zga ko‘rinadigan nuqsonlar mavjud emasligini tasdiqlaydi.
5.5. Jihozning har bir partiyasiga nisbatan quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: tovar yukxati, hisob-faktura va Dalolatnoma. Hisob–faktura Xaridorga amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etiladi.
5.6. Xaridorga topshirilayotgan Jihozning seriya raqamlari Dalolatnomada ko‘rsatiladi.
5.7. Jihozni qabul qilib olishda Xaridor, Jihozning butligi, o‘ramining butunligi va sonini tekshirishi shart. Jihozni qabul qilishda Xaridor, Jihoz qabul qilinishini amalga oshirayotgan Xaridor vakilida: pasport va Jihozni qabul qilib olish va qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi ishonchnoma (yuridik shaxslar uchun) bo‘lishini ta’minlashi shart.
5.8. Yetkazib berish uchinchi shaxslarning (tashuvchilar, yetkazib berish xizmatlari, bojxona organlari va h.k.) harakatlari tufayli kechikishi, shuningdek Sotuvchining Jihozni qabul qilishdan bosh tortishi bilan bog‘liq harakatlar uchun Sotuvchi javobgar bo‘lmaydi.
6. Kafolat majburiyatlari6.1. Sotuvchi, yetkazib berilayotgan Jihozga, ishlab chiqaruvchi yoki Sotuvchi tomonidan belgilangan muddat chegarasida 12 (o‘n ikki) oy kafolat beradi. Kafolat muddati hisoblanishining boshlanishi – Jihozni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash sanasi.
6.2. Kafolat muddati davomida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Xaridor Sotuvchini yozma ravishda (yoki elektron pochta orqali) xabardor qilishi va Jihozni ta’mirlash (diagnostika, ish qobiliyatini tiklash) va (yoki) uni almashtirish uchun taqdim etishi shart.
6.3. Kafolat, faqatgina ishlab chiqaruvchining aybi bilan yuzaga kelgan nosozliklarga tatbiq etiladi va tashqi omillar (yong‘inlar, namlik tushishi, noto‘g‘ri foydalanish), saqlash sharoitlarining buzilishi, sifatsiz tarmoqlarga ulanish yoki uchinchi shaxslarning aralashuvi sababli yuzaga kelgan shikastlanishlarga tatbiq etilmaydi. Cheklangan foydalanish muddatiga ega bo‘lgan sarf materiallariga (adapterlar, akkumulyator batareyalari, kartrijlar va h.k.) kafolat muddati tatbiq etilmaydi.
6.4. Shuningdek, Sotuvchi, quyidagi hollarda Xaridor oldida kafolat majburiyatlari o‘z zimmasiga olmaydi:
6.4.1. Jihoz, uning korpusi yoki ichki tugunlarining (uzellarining) mexanik, elektrotermik, termik yoki kimyoviy shikastlanishlari, xususan, deformatsiyalar, yoriqlar, tushib ketish, zarba va boshqa tashqi ta’sirlar oqibatlari;
6.4.2. Ishlab chiqaruvchi yoki Sotuvchi tomonidan o‘rnatilgan Jihozdan foydalanish, saqlash yoki tashish qoidalarining Xaridor tomonidan buzilishi;
6.4.3. Jihoz yoki uning butlovchi qismlarining, Sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi vakolat bermagan shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan ochilishi (shu jumladan ochishga urinishlar), qismlarga ajratilishi, modifikatsiyalashtirilishi, modernizatsiyalanishi yoki ta’mirlanishi;
6.4.4. Ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining kafolat plombalari, markalovchi yorliqlari, identifikatsiyalashtirish belgilarining buzilishi, shuningdek, Jihozning tashqi yuzasiga shikast yetkazmay va/yoki tovar ko‘rinishini yo‘qotmasdan olib tashlash mumkin bo‘lmagan begona yorliqlar yoki kirlanishlar mavjudligi;
6.4.5. Xaridor tomonidan, asl bo‘lmagan, mos kelmaydigan yoki nostandart butlovchi qismlar, aksessuarlar, sarflanuvchi materiallar, tozalash vositalari, kabellar yoki ta’minot bloklaridan foydalanishi;
6.4.6. Jihozni mos kelmaydigan yoki nosoz ta’minot manbalari yohud kommunikatsiya liniyalariga ulash, xususan, kuchlanishning keskin o‘zgarishlari, qisqa tutashuv, simni yerga noto‘g‘ri ulanishi (zazemleniye) holatlari, shuningdek, sertifikatsiyadan o‘tmagan yoki nostandart ta’minot bloklari va adapterlaridan foydalanish;
6.4.7. Noto‘g‘ri foydalanish yoki tashqi ta’sirlar oqibatida kirish-chiqish portlari, tarmoq adapterlari, modemlar va boshqa elementlarning kirish zanjirlarida yuzaga kelgan nosozliklar aniqlanishi;
6.4.8. Jihozga tashqi omillarning ta’siri, xususan, yong‘in, suvga cho‘kishi, namlik, chang, begona predmetlar tushishi, hasharotlar yoki kemiruvchilarning hayot faoliyati, kimyoviy moddalar izlari, shuningdek momaqaldiroq razryadlari, xaddan tashqari yuqori yohud noturg‘un haroratlar ta’siri;
6.4.9. Fors-major holatlari (tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, ommaviy tartibsizliklar, terroristik hujumlar, elektr ta’minotidagi uzilishlar va boshqa yengib bo‘lmas kuch holatlari) ta’siri;
6.4.10. Xaridor, uchinchi shaxslarning qasddan qilgan harakatlari yohud vahshiylik hujumlari oqibatida yuzaga kelgan shikastlanishlar;
6.4.11. Xaridorning harakatlari, mos kelmaydigan dasturiy ta’minotni o‘rnatish, konfiguratsiyaga ruxsatsiz (sanksiyasiz) kirish yohud zararlovchi dasturlar bilan zararlanishi oqibatida yuzaga kelgan dasturiy ta’minotdagi xatoliklar, uzilishlar yoki shikastlanishlar;
6.4.12. Xizmat muddati cheklangan sarf materiallari va tarkibiy qismlarning tabiiy eskirishi (xususan, kabellar, ta’minot bloklari va boshqa elementlar).
6.5. Shartnomaning 6.4-bandida ko‘rsatilgan vaziyatlar oqibatida ishdan chiqqan Jihozni ta’mirlash (diagnostika qilish, ish qobiliyatini tiklash) va/yoki almashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni Xaridor to‘laydi.
6.6. Nosozlik sababini aniqlash uchun Sotuvchi, Jihozni diagnostikasini o‘tkazishga haqli. Agar diagnostika natijalariga ko‘ra nosozlikning yuzaga kelishida Ishlab chiqaruvchi va (yoki) Sotuvchining aybi bo‘lmasa, nosoz Jihozni yetkazib berish va ta’mirlash (diagnostika, ish qobiliyatini tiklash) xarajatlarini Xaridor to‘laydi.
6.7. Jihozga servis xizmat ko‘rsatilishi Shartnoma predmetiga kiritilmaydi va Tomonlar o‘rtasida tuziladigan alohida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Jihozga servis xizmat ko‘rsatishga quyidagilar kiradi:
- kafolat muddatidan keyingi kichik va o‘rta darajadagi ta’mirlash;
- Jihozning buzilmasdan ishlashi va ishlashi turg‘unligini (barqarorligini) tekshirish;
- ishlab chiqaruvchi tomonidan davriy sozlashlar, asosiy uzel va mexanizmlarni qismlarga ajratmagan holda tashqi detallarni almashtirish (joriy xizmat ko‘rsatishni o‘tkazish);
- aloqa kanalini (GPRS) ishlashga qobiliyatlilikka tekshirish;
- zaruriyatga ko‘ra dasturiy ta’minotni sozlash;
- Jihozdan foydalanish masalalari bo‘yicha maslahatlar;
- dasturiy ta’minotni yangilash.
7. Tomonlarning javobgarligi7.1. Tomonlar Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
7.2. Sotuvchi quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi:
- Jihozdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida Xaridorning ko‘rgan zararlari;
- Bilvosita zararlar va qo‘ldan boy berilgan foyda;
- uchinchi shaxslarning Jihoz nosoz xolatga tushishi yoki shikastlanishiga sabab bo‘lgan harakatlari.
7.3. Sotuvchi javobgarligining umumiy summasi Jihoz summasining 50% miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
7.4. Xaridor, taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va sotib olingan Jihozdan to‘g‘ri foydalanish uchun javobgar bo‘ladi.
8. Fors–major8.1. Tomonlar Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar, agarda bu, yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlar, xususan: tabiiy ofatlar, yong‘inlar, harbiy harakatlar, davlat organlarining qarorlari, elektr ta’minotidagi va aloqadagi uzilishlar, Tomonlarning ongli nazoratidan tashqaridagi boshqa hodisalar oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa.
8.2. Fors-major holatlari oqibatida o‘z majburiyatlarini bajara olmasligi ehtimoli yuzaga kelgan Tomon, ikkinchi Tomonni 5 (besh) ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qilishga majbur.
8.3. Yengib bo‘lmas kuch holatlari yuzaga kelishi majburiyatlarni bajarish muddatlarini ularning amal qilish davriga uzaytiradi.
9. Nizolarni hal etish tartibi9.1. Tomonlar o‘rtasida yuzaga keluvchi barsa nizo va kelishmovchiliklar, muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan va sudgacha tartibda hal etiladi.
9.2. Nizoni kelishuv yo‘li bilan tartibga solish imkoni bo‘lmagan taqdirda, nizo, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilishi lozim.
9.3. Sudga murojaat qilishdan oldin Tomonlar, sudgacha tartibda hal etish choralarini ko‘rishlari shart, xususan, yozma e’tiroznoma yuborish va javob uchun kamida 10 (o‘n) ish kunlik muddat berish.
10. Shartnomaning amal qilish muddati10.1. Shartnoma Xaridor tomonidan akseptlangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargunlariga qadar amal qiladi.
10.2. Shartnoma matnining Saytda joylashtirilishi uning shartlari haqidagi rasmiy xabarnoma va ofertaning ommaviy xarakterga egaligining tasdig‘i hisoblanadi.
10.3. Xaridor tomonidan to‘lovni amalga oshirish, Jihozdan foydalanish shartlari buzilganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganda Sotuvchi Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishga haqli.
11. Yakuniy qoidalar11.1. Shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalari bilan tartiblashtiriladi.
11.2. Shartnomani alohida qoidalarining amal qilmasligi uning qolgan shartlarining amal qilishiga ta’sir etmaydi.
11.3. Shartnoma muddatsiz amal qiladi va u Xaridor tomonidan akseptlanganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga qo‘llaniladi.
12. Sotuvchining rekvizitlari«HUMOTECH» MCHJ
Manzil: 100047, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 178/1 uy.
h/r: 20208000007253183001
«Octobank» AJ
MFO 00980 STIR: 312186205 IFAK: 95110
Tel.: (+99878) 1132407 (7748)
E–mail:
info@humotech.uzB U Y R U Q
P-08-sonli
Jihoz va unga butlovchi qismlar yetkazib berish to‘g‘risidagi ommaviy oferta-shartnomasini tasdiqlash tо‘g‘risida
Toshkent sh. “26” noyabr 2025y.
BUYURAMAN:
1. Jihoz va unga butlovchi qismlar yetkazib berish to‘g‘risidagi ommaviy oferta-shartnomani (bundan keyin matnda – “Shartnoma”) tasdiqlansin.
2. Shartnoma tashkilotning rasmiy saytiga joylashtirilsin.
3. Mazkur Buyruqning bajarilishi ustidan nazoratni о‘z zimmamda qoldiraman.
Bosh direktor /imzo/ Ibragimov S.G.