Bankomatlar va naqd pulga ishlov berish yechimlarini yetkazib berish

Banklar uchun ishonchli jahon ishlab chiqaruvchilarining uskunalari va dasturiy ta’minotini yetkazib beramiz. Biz uskunalarni tanlashdan tortib, bankomatlar tarmog‘iga texnik xizmat ko‘rsatish va uni rivojlantirishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonni ta’minlaymiz.
Bankomat infratuzilmasiga kompleks yondashuv
Uskunalarning rasmiy yetkazib beruvchisi

Umumiy ma’lumot

Biz butun dunyo bo‘ylab banklar tomonidan keng qo‘llaniladigan hamda o‘zini ishonchli va texnologik yechim sifatida ko‘rsatgan ATEC, Hyosung, NCR va Cashway brendlarining bankomatlarini yetkazib beramiz.
Bankomatlar bank filiallari, savdo markazlari, ofis binolari va odamlar gavjum joylarga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Uskuna mijozlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy usullarini, jumladan, naqd pul berish, bir nechta kasseta bilan ishlash hamda kupyuralarga ishlov berishning kengaytirilgan funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yetkazib berilayotgan modellar xavfsizlik, barqaror ishlash va bank tizimlari bilan integratsiyalashuv talablariga javob beradi. Bu esa ulardan ham kichik tarmoqlarda, ham yirik markazlashmagan infratuzilmalarda foydalanish imkonini beradi.

Naqd pulga ishlov berish yechimlari

Cash Recycler (Naqd pulni qayta ishlash qurilmasi)
Naqd pulni qabul qilish va qayta berish
Inkassatsiya davriyligini va logistika xarajatlarini kamaytiradi
Mijozlar uchun naqd pul mavjudligini oshiradi
Pul aylanmasi yuqori bo‘lgan va kecha-yu kunduz ishlaydigan nuqtalar uchun ayni muddao
Cash-Out (Naqd pul berish qurilmasi)
Barqaror va uzluksiz naqd pul berish uchun klassik yechim
Foydalanishda qulay va o‘ta ishonchli
Pul oqimi prognoz qilinadigan joylar uchun mos keladi

Yetkazib beriladigan uskunalar

Atec

ATEC — banklar va moliya tashkilotlari uchun bankomatlar hamda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari ishlab chiqaruvchisi. Bank bo‘linmalari, jamoat joylari va odam gavjum hududlar uchun mo‘ljallangan. Xavfsizlik, ishdan chiqishga chidamlilik va bank tizimlari bilan integratsiyalashuv talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Asosiy xususiyatlari:
22 000 donagacha banknotga ishlov berish, retsirkulyatsiya rejimida — 3 800 donagacha banknot
8 tagacha nominalni retsirkulyatsiya qilish
Depozit modulida 3 ta kasseta
Transport kasseta orqali yuklash/tushirish
Yorug‘likka moslashuvchan 32 dyuymli rangli sensorli ekran
Xalqaro xavfsizlik sertifikatiga ega seyf
Firibgarlikdan va PIN-kodni vizual o‘qishdan himoya

Cashway

CASHWAY 2004-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning yetakchi intellektual bank yechimlari provayderlaridan biridir. Kompaniya “aqlli” banklarni yaratish va ishlatishda mijozlarning individual ehtiyojlarini qondirishga imkon beruvchi intellektual mahsulotlar, ilg‘or texnologiyalar va yuqori sifatli xizmatlar uyg‘unligiga asoslangan ish modelini qo‘llaydi.
Asosiy xususiyatlari:
Bank bo‘linmalarini intellektual transformatsiya qilish yechimlari
Jarayonlar samaradorligini oshirish
Operatsion xarajatlarni kamaytirish

NCR

NCR — bankomatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yechimlari ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri. Uskunadan yirik banklar foydalanadi va u xalqaro standartlar hamda regulyatorlar talablariga javob beradi.
Asosiy xususiyatlari:
Yuqori ishonchlilik, xavfsizlik va mahsuldorlik
Naqd pul berish, ko‘p kassetali konfiguratsiya va kengaytirilgan xizmat ko‘rsatish ssenariylarini qo‘llab-quvvatlash
Zamonaviy protsessing tizimlari bilan integratsiya
Uzoq muddatli foydalanish, qulay xizmat ko‘rsatish va miqyosni kengaytirish uchun mo‘ljallangan arxitektura
Bank xizmat ko‘rsatish kanallarini raqamli transformatsiya qilish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish loyihalarida qo‘llanadi.

Hyosung

Hyosung — bankomatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya katta xalqaro tajribaga ega bo‘lib, Osiyo, Yevropa, Amerika va boshqa mintaqalar bozorlarida o‘z o‘rniga ega.
Asosiy xususiyatlari:
Yuqori darajadagi ishonchlilik, xavfsizlik va foydalanish qulayligi
Uskunalarning turli shakl-faktorlari va konfiguratsiyalari
Bank bo‘limlari, odamlar gavjum joylar va kecha-yu kunduz ishlash uchun mos keladi

Ehtiyot va butlovchi qismlar

Bankomatlar tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ATEC, Hyosung va NCR bankomatlariga mo‘ljallangan ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib beramiz.
Assortimentimiz rejali texnik xizmat ko‘rsatish va tezkor ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asosiy uzellar va modullarni o‘z ichiga oladi: kassetalar, kard-riderlar, banknot dispenserlari, chek printerlari, klaviaturalar, displeylar, elektron bloklar va boshqa komponentlar.
Original va muqobil ehtiyot qismlarni yetkazib berish uskunaning bekor turib qolish vaqtini qisqartirishga hamda mijozlar uchun bankomatlardan foydalanish imkoniyatini yuqori darajada saqlab turishga yordam beradi.

Bankomatlar uchun dasturiy ta’minot

Biz bankomatlarni boshqarish va ulardan foydalanish uchun dasturiy ta’minot yetkazib beramiz.
Yechimlar qurilmalarni markazlashtirilgan tarzda sozlash, konfiguratsiyalarni boshqarish va bankomatlar tarmog‘ining to‘g‘ri ishlashini ta’minlash imkonini beradi.
Dasturiy ta’minot protsessing va avtomatlashtirilgan bank tizimlari bilan integratsiyalashuvni, shuningdek, masofadan turib boshqarish va yangilashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bankomatlar tarmog‘i monitoringi

Operatsion samaradorlikni oshirish uchun biz bankomatlarni real vaqt rejimida kuzatish tizimlarini taklif qilamiz.
Monitoring qurilmalarning holatini, naqd pul miqdorini, xatolik va nosozliklarni kuzatib borish, shuningdek, hodisalarga tezkorlik bilan munosabat bildirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida, uskunalarning bekor turib qolishi xavfini kamaytiradi, texnik xizmatlar faoliyatini soddalashtiradi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi.
Uskunalar tanlovi va yetkazib berish muddati ko‘rsatilgan tijorat taklifini oling
Email
info@humotech.uz
© 2025, ООО «HUMOTECH».